Caratonning barcha koʻrinishi ham irsiy boʻlavermas ekan, onkologiya rivojlanishining atigi 15 foizigina genetikaga bogʻliq hisoblanadi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligining bosh onkologi, Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi Andrey Kaprin aytib, u saraton kasalligining rivojlanishiga taʼsir etuvchi omillarni ham maʼlum qildi.
“Bu jarayonda turmush tarzi muhim ahamiyatga ega. Masalan, chekish saraton kasalligining yuqtirish xavfini 30 baravar, unga qoʻshimcha ravishda spirtli ichimliklar isteʼmoli esa kasallikning rivojlanish xavfini yana-da oshiradi”, deydi mutaxassis organizmga yordam berish uchun zararli odatlardan voz kechish kerakligini taʼkidlab. Shuningdek, onkolog tamaki chekadigan insonning oʻpkasi odatiy hayotga qaytishi uchun oʻn yil kerak boʻlishini ham qoʻshimcha qildi.