Hudud aholisi bilan oʻtkazilgan uchrashuvlar davomida odamlarni qiynayotgan ijtimoiy muammolarni ijobiy hal etish boʻyicha qator amaliy ishlar olib borildi.
Mazkur mahalla fuqarolar yigʻinining yangi qad koʻtarayotgan binosi barcha qulayliklarga ega boʻlib, 5 ta xizmat xonalaridan iborat. Hudud aholisi bilan oʻtkazilgan uchrashuvlar davomida berilgan takliflar asosida mahalla binosining yon tarafidan maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, jumladan, “Ayollar goʻzallik saloni”, “Erkaklar sartaroshxonasi” hamda bir nechta oziq-ovqat mahsulotlarini sotishga moʻljallangan doʻkonlar qurilib, tadbirkorlik qilish istagini bildirgan fuqarolarga foydalanish uchun beriladi. Ayni vaqtda uning ichki qismlarini taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

Ishchi guruh tomonidan olib borilgan oʻrganishlar davomida ushbu mahallada istiqomat qiluvchi 1-guruh nogironlari hamda oʻzgalar parvarishiga muhtoj 6 nafar fuqaroga nogironlik aravachalari berildi.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj 6 nafar fuqaro — Q.Egamova, N.Joniqulova, D.Boʻronova, L.Muhiddinova, G.Esonova hamda G.Kamoliddinovalarning xonadonlari taʼmirlab berildi. Shuningdek, fuqaro Q.Egamovaga tegishli tomorqaning 0,02 sotix qismiga subsidiya asosida issiqxona qurishda koʻmaklashish uchun tuman bandlikka koʻmaklashish markazi masʼul xodimlariga tegishli koʻrsatmalar berildi.

Vazir oʻrinbosari rahbarligidagi Ishchi guruh aʼzolari Xovos tumani “Binokor” mahalla fuqarolar yigʻiniga ham borib, aholi muammolarini aniqlashga doir olib borilgan oʻrganishlar davomida mahalladagi 3 ta yangi tashkil etilgan koʻchalarning 0.9 km. qismiga suv quvurlari oʻtkazildi. Mahalla koʻchalarining taʼmirtalab 850 metr qismiga tosh toʻkilib, tekislandi.
Mahallada yashovchi bolalar uchun maxsus oʻyingoh qurish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, “Sadoqat” va “Yongʻoqli” koʻchalarini taʼmirlash, 18-maktab atrofini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha masʼullarga koʻrsatmalar berildi.
Viloyat hokimligi Axborot xizmati