Qizilravotliklarning yashash sharoiti, barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlar, obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Qayta rekonstruksiya qilinayotgan 320 oʻringa moʻljallangan maktab binosi, 60 oʻrinli bogʻchada amalga oshirilayotgan qurilish ishlari sifati, asfaltlashtirilayotgan yoʻllarni koʻzdan kechirdi.
M.Istamov hududdagi taʼlim maskanlarida oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni oʻrgandi.
Qizil Ravot hamda Gugurtli qishloq fuqarolarining murojaatlarini koʻrib chiqish, ularga amaliy yordam koʻrsatish maqsadida viloyat prokurorining sayyor qabuli tashkil etildi. 2 ta murojaat joyning oʻzida hal etildi.
Shu kuni mutasaddilar tomonidan qishloq vrachlik punktiga yangi tibbiyot mashinasi berilgani tuman markazidan olisda yashayotgan aholi uchun oʻziga xos sovgʻa boʻldi.