Chempion futbolchilarimizga Prezident sovgʻasi topshirildi

    Voqea-hodisalar 21 Mart 2023 1850

    Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovgʻasi — “Chevrolet Lacetti Gentra” avtomobillari topshirildi.

    Sport jamoatchiligining eʼtibori yana “Bunyodkor” stadioniga qaratildi. Biroz avval u yerda poytaxtimiz mezbonlik qilgan futbol boʻyicha U-20 Osiyo kubogi gʻolibi — Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

    Tadbirda soʻz olgan rasmiylar futbolchilarimizni qoʻlga kiritilgan muvaffaqiyat bilan qutlab, ularga roppa-rosa ikki oydan keyin boʻlib oʻtadigan Jahon chempionatida ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilishlarini tilab qoldi. Tadbir yakunida qahramon yigitlarimizga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovgʻasi — “Chevrolet Lacetti Gentra” avtomobillari topshirildi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi.