Chet davlat fuqarolariga qo'shilgan qiymat solig'i qaytariladi

    QQS summasini qisman qaytarish “tax free” tizimi tajriba tariqasida joriy etiladi.

    “Chet davlat fuqarolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishda avval xarid qilingan tovarlar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarish tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (653-son, 08.11.2022-y.) qabul qilindi.

    Qarorga koʻra:

    — 2023-yil 1-yanvardan chet davlat fuqarolariga ular tomonidan Oʻzbekiston hududidagi chakana savdo bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlardan ayrim turdagi tovarlarni sotib olishda toʻlangan QQS summasini qisman qaytarish “tax free” tizimi tajriba tariqasida joriy etiladi;

    — Chet davlat fuqarolariga qaytariladigan QQS summasini hisobga olish va uni qaytarish soliq organlarining maxsus mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi;

    — Chet davlat fuqarolariga QQS summasini qaytarish minimal xarid qiymati QQS summasini hisobga olgan holda kamida 1 million soʻmni tashkil etganda hamda tovarlar xarid qilingan kundan eʼtiboran 3 oy mobaynida amalga oshiriladi;

    — 2022-yil 10-dekabrga qadar mobil ilovaga chet davlat fuqarolari tomonidan toʻlangan QQS summasini qaytarish imkonini beradigan qoʻshimchalar kiritiladi;

    — 2022-yil 15-dekabrgacha chet davlat fuqarolarining mobil ilovadan roʻyxatdan oʻtishlarida Oʻzbekistonga kirib kelganligini qayd etish maʼlumotlari orqali identifikatsiya qilish imkoniyati yaratiladi.