Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Xalqaro migratsiya tashkiloti bilan hamkorlikda Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg, Moskva, Yekaterinburg shaharlari va Boshqirdistondan qirqqa yaqin qiyin ahvolga tushib qolgan fuqarolarimiz charter reyslar orqali mamlakatimizga olib kelingani haqida xabar berilgan edi.
Ana shunday toifadagi fuqarolardan yana 3 nafari Moskvadan charter reys orqali yurtimizga olib kelindi.
Taʼkidlash joiz, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Xalqaro migratsiya tashkiloti va mamlakatimizning Moskva shahridagi elchixonasi koʻmagida olib kelinayotgan yurtdoshlarimiz asosan, kasalmand, homilador va boquvchisini yoʻqotgan fuqarolar toifasiga kiradi, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.