Namangan shahrida yashovchi 40 yoshli M.V. ariza bilan murojaat qilib, telefon orqali “Inter Vingo” nomli firma ishchisi bilan tanishib, Polsha davlatiga ishga ketish maqsadida, bank kartasiga 2.700.000 soʻm pullarni oʻtkazib berganidan soʻng “nomaʼlum shaxs” uning qoʻngʻiroqlariga javob bermay uni qora roʻyxatga kirgizib qoʻyganini maʼlum qilgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni Samarqand viloyatida yashovchi 21 yoshli G.V. sodir etgani u jabrlanuvchini aldab oʻzini “Inter Vingo” firmasi ishchisi deb tanishtirgan va uni Polshaga ishga joʻnatishni vaʼda qilib, oʻzining bank kartasiga 2.700.000 soʻm miqdoridagi pulni oʻtkazib olib, soʻng oʻzining ehtiyojlariga sarflab  yuborgani maʼlum boʻldi.

Mazkur holat yuzasidan G.V.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qism bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, G.V.ga sodir etgan jinoiy harakatlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.