Kecha 14 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Onix avtomobili sotuvga chiqdi” sharhli video shiddat bilan tarqaldi

    Transport 15 Sentabr 2021 1426

    Kecha 14-sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Onix avtomobili sotuvga chiqdi” sharhli video shiddat bilan tarqaldi.

    Kompaniya keltirilgan maʼlumotning asossiz ekanligini rasman eʼlon qiladi. Bugungi kunda sotuvda mavjud boʻlgan avtomobillar roʻyxati bilan uzautomotors.com sayti orqali tanishish mumkin. Qolaversa, Chevrolet Onix rusumli avtomobilning sotuvi boshlanishi haqida biz rasmiy kanallarimizda eʼlon qilamiz, deya xabar beradi “UZAUTO MOTORS" axborot xizmati.

    Eslatib oʻtamiz, avval xabar berganimizdek (

    ) Chevrolet Onix avtomobilini yagona platformadagi ishlab chiqarish imkonini beradigan oʻrnatish va ishga tushurish ishlari joriy yilning iyul-avgust oyida olib borildi.

    Shuningdek, keltirilgan videoda sotuv boshlangani haqida hech qanday gap yoʻqligini inobatga oling. Qoʻshimcha maʼlumot tarzida shuni maʼlum qilamizki, avtomobilning yonilgʻi sarfi sezilarli darajada tejamkor 6 litrgacha boʻladi.

    Avtomobillar sotuvi hamda narxi boʻyicha maʼlumotlarni kompaniyaning rasmiy kanallaridan yoki @uzavtosavdo_bot telegram boti orqali bilib olishingiz mumkin.