Chevrolet Tracker va Onix avtomobillari uchun bir kunda 25 mingga yaqin shartnomalar tuzilgan

    Sanoat 26 May 2023 959

    Shundan 21 489 donaga yaqini Chevrolet Tracker avtomobil modeli uchun.

    Chevrolet Tracker va Onix avtomobillarining yangilangan komplektatsiyalar qatori sotuvi boshlangan kunning oʻzida 24 878 dan ortiq shartnomalar imzolandi.

    Shundan 21 489 donaga yaqini Chevrolet Tracker avtomobil modeli uchun tuzilgan.

    Ushbu sotuv tahlillari, oʻz navbatida, mijozlarning avtomobillarga boʻlgan talabining ortganini hamda oddiysidan yaxshisiga intilishi oshib borayotganligini koʻrsatadi.

    Buni ularning tanlovidan ham koʻrish mumkin. Chevrolet Tracker avtomobilini xarid qilish uchun tuzilgan shartnomalarning aksariyati (65 foizi) avtomobilning Plus va Redline komplektatsiyalari uchun tuzilgan.

    Xuddi shunday holat Chevrolet Onix avtomobillarida ham kuzatilmoqda. Avtomobil sotib olish uchun tuzilgan shartnomalarning 75 foizi aynan uning yangilangan komplektatsiyalari uchun tuzilgan.