COVID-19 xavfi past darajada boʻlgan davlatlar roʻyxatiga kiritilmagan uchinchi davlatlarning barcha fuqarolariga hamda mazkur davlatlarda vaqtincha yoki doimiy yashovchi uchinchi davlatlarning barcha fuqarolariga Chexiya Respublikasiga kirish taʼqiqlanadi.

COVID-19 xavfi past darajada boʻlgan davlatlar roʻyxatiga kiritilmagan uchinchi davlatlarning birida soʻnggi 14 kun ichida 12 soatdan koʻproq boʻlgan barcha shaxslarga Chexiya Respublikasining butun hududi boʻylab 10 kun davomida yoki tegishli karantin choralari bekor qilingunga qadar erkin harakatlanish taʼqiqlanadi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.

Shuningdek, xabarda 2-oktyabr holatiga koʻra Oʻzbekiston COVID-19 xavfi past darajada boʻlgan davlatlar roʻyxatiga kiritilmagani, amaldagi tartibning toʻliq matni bilan Chexiya Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi (www.mzcr.cz) va Chexiya Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (www.mvcr.cz) saytlari orqali tanishish mumkin ekanligi eslatiladi.

Shu munosabat bilan, Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi Chexiyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan hamyurtlarimizga Chexiya tomonining ushbu qarorini inobatga olishni tavsiya qiladi.