Buxoro viloyatidagi ko'p tarmoqli «Parvoz Humo Ravnaq Trans» agroklasterida nafaqat qishloq xo'jaligi mahsulotlarini etishtirish, balki ularni chuqur qayta ishlash ham yo'lga qo'yilgan.
Klaster ish boshlagan dastlabki paytda paxta xom ashyosi birlamchi qayta ishlangan bo'lsa, bugungi kunda tolani chuqur qayta ishlab, tayyor mahsulot etkazib berish yo'lga qo'yilgan.
2020 yilda amalga oshirilgan yana bir yirik loyiha doirasida chigitni qayta ishlash ham o'zlashtirildi. Buning uchun 6 million AQSH dollari o'zlashtirildi. SHundan 3,5 million AQSH dollari klasterning o'z mablag'i ekanligi diqqatga sazovor.
YOg' zavodi uchun zarur uskunalar Xitoy davlatidan olib kelib o'rnatildi. Natijada 5 bosqichli ishlab chiqarish texnologiyasi yordamida yog' mahsulotlari olinyapti.
Darvoqe, chigitni qayta ishlash zavodining yillik quvvati 73 ming tonnaga teng.
Gulichehra DURDIIEVA,
"YAngi O'zbekiston" muxbiri