Chilonzor metro bekati yonidagi avtobekat zamonaviy shaklda qayta quriladi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzor metrobekati yonidagi gavjum avtobekatda boshlangan qurilish ishlariga nisbatan eʼtirozli fikrlar eʼlon qilinib, jamoatchilikning muhokamalariga sabab boʻlmoqda.

    Holat boʻyicha tuman hokimligi matbuot xizmati maʼlumot berdi.

    Qayd etilishicha, hozirgi kunda ushbu avtobekat oʻrnida yuqoridagi fotosuratlarda keltirilgan loyiha asosida yangi, zamonaviy avtobekatni qurish ishlari boshlangan. Aholi har doim gavjum boʻlgani uchun bekatga keluvchilarga qulaylik yaratish maqsadida aqlli svetofor ham oʻrnatilishi moʻljallanmoqda.

    Loyiha boshlanishi haqida oldindan xabar berolmagani uchun qurilishga masʼul tashkilotlar aholidan uzr soʻraydi, — deyiladi xabarda.