Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Chilonzor tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda 10 dona 200 ming soʻmlik qalbaki kupyuralar, jami 31 dona A4 formatdagi qogʻozda chop etilgan 200 ming soʻmlik kupyuralar, rangli printer va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.