Unga koʻra, yoʻl transport hodisasi Chilonzor tumani Bunyodkor koʻchasi Oliy majlis binosi qarshisida sodir boʻlgan.

2023-yil 13-aprel kuni soat 21:30 larda Chilonzor tumani Bunyodkor koʻchasi boʻylab harakatlanib ketayotgan davlat raqam belgisi 10 P 659 PA boʻlgan Spark rusumli avtomashinaning oʻng tomon yoritish moslamasida qisqa tutashuv yuzaga kelgani sababli yongʻin kelib chiqqan. Hodisada tan jaroxat olganlar yoʻq.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB hamda hududiy Favqulodda vaziyatlar boʻlimi masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.