Chilonzor tumanida qalbaki 6 000 AQSH dollarlarini sotayotgan shaxslar ushlandi

    Xavfsizlik 17 May 2023 1696

    Muqaddam sudlangan Z.M. va boshqalar qalbaki 6 000 AQSH dollarini fuqaro B.Z.ga 45,6 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

    Mazkur jinoiy guruh Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda ushlandi.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.