2024-yil 27-fevral kuni soat 00:13 da Chilonzor tumani, Soʻgalli ota koʻchasida joylashgan, angar sifatida foydalanib kelayotgan mebel ishlab chiqarish sexida yongʻin sodir boʻlganligi toʻgʻrisida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Yongʻinga soat 00:17 da yongʻin-qutqaruv ekipajlari yetib borib, yongʻin soat 01:29 da oʻrab olingan va soat 05:52 da toʻliq bartaraf etildi.
Favqulotda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabariga koʻra, yongʻinni bartaraf etishga 18 ta asosiy, 2 ta maxsus yongʻin-qutqaruv ekipaji va 5 ta suv tashuvchi yordamchi avtomobillar jalb etilgan.
Yongʻin-qutqaruvchilarning saʼy-harakatlari natijasida 5 nafar ishchi yongʻindan qutqarilib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan.
Yongʻin oqibatida halok boʻlganlar yoʻq.
Yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Voqea joyiga FVV rahbariyati, Toshkent shahar FVB boshligʻi va oʻrinbosarlari, IIB, Prokuratura, “Hududgaztaʼminot” va SSB, tuman FVB rahbar va xodimlari chiqishgan.