Bugun, 30-dekabr soat 18:10 larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh koʻchasida, “Damas” rusumli avtomobil yonib ketgan.
Maʼlum boʻlishicha, koʻrsatilgan manzilning “Toshkent — Yangiyoʻl” yoʻnalishida harakatlanayotgan “Damas” rusumli avtomobil haydovchining boshqaruvni yoʻqotishi tufayli yoʻl chetidagi daraxtga borib urilgan. Zarb oqibatida avtomobilda yongʻin yuzaga kelgan.
Natijada, haydovchiga birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan. Yongʻin oʻt oʻchiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.
Mazkur hodisa yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB YHXB va FVB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, hodisa sodir boʻlish sabablariga aniqlik kiritilmoqda, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi matbuot xizmati.