Bugun, 23 oktyabr` kuni soat 09:08 da Toshkent shahar Chilonzor tumani Chorbog' ko'chasida joylashgan omborxonada yong'in sodir bo'layotganligi to'g'risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko'ra 4 ta yong'in-qutqaruv ekipaji 09:16 da voqea joyiga etib borgan va yong'in soat 09:22 da bartaraf etilgan.
Yong'in natijasida omborxonaning ochiq hududida taxminan 150 kv.m maydondagi mahsulotlari yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo'lganlar yo'q.
Hozirda yong'inni kelib chiqish sababi o'rganilmoqda, deb xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.