Quvonarlisi, unda ishtirok etgan qizlarimiz muddatidan avval Osiyo o‘yinlariga yo‘llanma olishdi.
Sportni rivojlantirish vazirligining xabar berishicha, kecha qizlarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.
Kutib olish marosimida Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston chim ustida xokkey federatsiyasi raisi Bahodir Ahmedov, Sportni rivojlantirish vazirligi mas‘ullari, OAV xodimlari hamda sportchilarning ota-onalari ishtirok etishdi.
O‘zbekiston chim ustida xokkey federatsiyasi raisi B.Ahmedov qizlarimizni erishilgan muvaffaqiyat bilan samimiy qutlar ekan, ularga kelgusi musobaqalarda omad yor bo‘lishini tiladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oy ushbu sport turida erkaklar terma jamoamiz ham Tailandda o‘tgan kvalifikatsion musobaqa orqali ilk bor Osiyo o‘yinlari yo‘llanmasiga ega bo‘lishgan edi.