Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan oʻrganishlar jarayonida “Chimyon” mahallasidagi asosiy koʻcha, yaʼni aholi gavjum va dam olishi uchun yetarlicha sharoitlar mavjud boʻlmagan hudud tanlab olindi. Belgilanmagan joylarga chiqindi tashlanishi oqibatida ushbu hudud qarovsiz holatga kelib qolgan edi.





Hozirda taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari boshlangan mazkur hududning umumiy uzunligi 450 metrni tashkil etadi. Unda bolalar maydonchalari, avtoturargoh, kattalar va qariyalar uchun dam olish joylari barpo etilib, maxsus dam olish oʻrindiqlari oʻrnatiladi. Shuningdek, alohida velosiped yoʻlaklari quriladi. Hudud boʻylab yangi yoritish chiroqlari oʻrnatiladi.
Transport vazirligi Axborot xizmati