Chinozda «Afrosiyob» poezdining to‘xtab qolish sababi aniqlandi

    Transport 2 Yanvar 2023 927

    2023-yil 1-yanvarda «Afrosiyob» elektropoezdi yo‘lda to‘xtab qolgan ligi ma’lum qilingan edi.

    Тashkil etilgan va voqyea joyiga chiqqan idoralararo ekspertlar guruhining xulosalariga ko‘ra, sim tarmog‘idagi uzilishining asosiy sababi qisqa tutashishga olib kelgan begona jism, ya’ni – «Osmon fonarlari» deb nomlangan va odamlar tomonidan bayram kunlarda osmonga uchirtiladigan vosita ekanligi aniqlandi. Temir yo‘l yaqinida uning uchirilishi vaqtida ushbu jism elektrovozning pantografiga urilib, qisqa tutashuvga olib keldi va kontakt simining qizishiga olib keldi va buning oqibatida elektrovoz elektr ta’minotidan uzilib qoldi.

    Mazkur holatdan ko‘rinib turibdiki, birinchi qarashda zararsiz narsalar harakat xavfsizligiga ta'sir qilishi va jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

    Ayni paytda bo‘lib o‘gan holat yuzasidan belgilangan tartibda tergov ishlari boshlandi, deb xabar beradi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati.

    Xabar orqali «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ yo‘lovchilar va yuklarni tashishda harakat xavfsizligini ta'minlash, shuningdek, huquq-tartibotni saqlash maqsadida temir yo‘l xududlarida hamda poezdlar yaqinida bunday buyumlardan foydalanmaslikni so‘rab qoladi.

    Shuningdek, O‘zbekistonda pirotexnika mahsulotlaridan foydalanish taqiqlanganligi, buning uchun ma'muriy va jinoiy javobgarlik belgilanganligi eslatilgan.