Chinozda “Malibu 2” qarzdorlik evaziga jarima maydoniga yoʻl oldi

    Avtomashina egasining bankdan 962 mln 378 ming soʻm kredit qarzi boʻlgan

    Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan qarzdorliklarni majburiy tartibda undirish boʻyicha qarzdorlarga tegishli mol-mulk va avtotransport vositalarini aniqlash va qidirib topish boʻyicha keng koʻlamli tadbirlar oʻtkazilmoqda.

    Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasining qidiruv boʻlimi tomonidan ham qarzdorlarga tegishli avtotransport vositalarini aniqlash boʻyicha YHXB bilan hamkorlikda doimiy ravishda qoʻshma tadbirlar oʻtkazilmoqda.

    Viloyatning Chinoz tumanida oʻtkazilgan navbatdagi tadbirlarning birida Byuroning Chinoz tuman boʻlimi ish yurituvidagi fuqarolik ishlari boʻyicha Uchtepa tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor “M.T.AVTO” MCHJdan undiruvchi “MIKROKREDITBANK« ATB foydasiga 962 mln 378 ming soʻm kredit qarzini undirish va undiruvni garovga qoʻyilgan «Malibu 2” rusumli avtotransport vositasiga qaratish toʻgʻrisidagi ijro hujjatiga asosan, boshqarmaning qidiruv boʻlimi hamda viloyat YHXB xodimlari bilan hamkorlikda garov mulki boʻlgan ushbu avtotransport vositasi toʻxtatilib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.