Bu haqda “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, chipta rasmiylashtirishda, avval yoʻnalish, vagon va oʻrindiq tanlanadi. Soʻng, shaxsiy maʼlumotlar kiritilib, toʻlov kartalari orqali chiptani xarid qilish yakunlanadi.
Hozirda ushbu avtomatlashtirilgan terminal Toshkent-Markaziy vokzalida test tartibida ishlamoqda. Yaqin kunlarda uni Respublikaning qolgan barcha temiryoʻl vokzallariga oʻrnatish rejalashtirilgan.
Shuningdek, terminaldan yoʻlovchi poyezdlar jadvali haqida maʼlumot olish ham mumkin, — deyiladi xabarda.