Chiqindini saralagan holda shoxobchaga olib borishga ragʻbatlantiradigan tizim joriy etiladi

    Koʻp qavatli xonadonlarda aholini chiqindini saralagan holda shoxobchaga olib borishga ragʻbatlantiradigan tizim joriy etiladi.

    Bunda, Ekologiya jamgʻarmasi hisobidan aholiga maxsus chiqindi paketlari bepul beriladi, aholi chiqindini qayta ishlanadigan, qayta ishlanmaydigan va organik toifaga ajratib, shoxobchaga olib boradi. Tadbirkor esa qayta ishlanadigan foydali chiqindini aholidan sotib oladi.

    Ushbu tizim dastlabki bosqichda Toshkent, Andijon, Buxoro, Termiz, Angren shaharlari va Toshkent tumanida yoʻlga qoʻyilishi belgilandi.

    Yigʻilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning axboroti tinglandi.