Bu haqda «Yangi Oʻzbekiston» muxbiri xabar bermoqda.
— Bir vaqtlar Chirchiq sanoat shahri boʻlgan, koʻplab ishlab chiqarish korxonalari bor edi. Ammo eʼtiborsizlik tufayli hozir shaharda vaziyat ogʻirlashib qolgan.
Chirchiqqa borganimda odamlar bilan muloqot qildim. Aslida shahar hokimini ishdan olishimiz kerak edi, ammo viloyat hokimining iltimosi tufayli sinov muddati berib, qoldirdik.
Chirchiqni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish uchun ulkan loyihalarni tayyorlab qoʻyganmiz. Shaharda sanoat ishlab chiqarishi kuchaytiriladi, koʻplab ish oʻrinlari yaratiladi. Shahar aholisi hozir 150 ming kishidan iborat, mana shu koʻrsatkichni 500 mingga yetkazamiz. Kerak boʻlsa Toshkent shahridan Chirchiqqa borib ishlaydiganlar boʻladi, — dedi Prezident.