Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumot berdi.
Toshkent shahar FVB qutqaruvchilari Yangihayot tumani hududidan oqib oʻtuvchi Chirchiq daryosida xizmat olib borayotgan vaqtda bir fuqaro suvda hushsiz holda oqib kelayotganligini koʻrgan. Qutqaruvchilar zudlik bilan qutqarish ishlarini olib borib, ushbu fuqaroni suvdan olib chiqqan va birinchi tibbiy yordam koʻrsatgan. Shundan soʻng malakali tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida tibbiyot xodimlariga topshirgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi.
Maʼlumotlarga qaraganda, ushbu fuqaro baliq tutish maqsadida daryoga borganda oyoq kiyimi suvga tushib ketgan va uni olaman deb tushgan vaqtda daryo suvi tez oqayotganligi sababli muvozanatni yoʻqotib oʻzi ham oqib ketgan.