Maʼlumot o‘rnida aytish mumkin, mazkur kompaniya 1994 yilda tashkil etilgan bo‘lib, transformatorlar, akkumulyatorlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Mazkur shirkat 2007-yildan buyon quruq transformatorlarni ishlab chiqarishni, 2013-yilda Efiopiyada yog‘li transformatorlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik zavodni bunyod etgan.

"Egytrafo" kompaniyasi boshqaruv direktori Umar Atef Abdulmuneym "O‘zbekistonda quruq transformatorlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavod qurish samarali hisoblanadi", dedi muloqot chog‘ida.

Taqdim etilgan maʼlumotlarga ko‘ra, loyiha qiymati – chamasi 20 million dollardan ortiq bo‘lib, uni amalga oshirish uchun 2 gektar yer maydoni zarur bo‘ladi.

Shuningdek, muzokaralar davomida xorijiy investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, bojxona va soliq imtiyozlari, erkin iqtisodiy zonalardagi imkoniyatlar haqida to‘xtalib o‘tildi.

Bundan tashqari, investorlar Misrdagi zavod faoliyati uchun zarur bo‘layotgan mis simlari va trubalarini O‘zbekistondaн import qilish masalalarini ham muhokama qilishdi.