Chirchiqda belbogʻli kurash boʻyicha kuchlilar aniqlandi

    Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 9-10-aprel kunlari“Barkamol avlod-2022” sport oʻyinlari dasturidan oʻrin olgan belbogʻli kurash boʻyicha respublika final bosqichi boʻlib oʻtdi.

    Yuqori saviyada tashkil etilgan ushbu final musobaqada respublikamizning 14 ta hududidan akademik litsey va professional taʼlim muassasalari oʻquvchi-yoshlari mamlakat chempionligi uchun kurash olib bordi. Musobaqada oʻgʻil bolalardan iborat 100 nafardan ortiq polvonlar toʻqqizta vazn toifasida gʻoliblik uchun bellashdi.

    Ikki kun davom etgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga koʻra, quydagi sportchilar kuchli uchlikdan joy olib, “Barkamol avlod-2022” musobaqasining gʻolib va sovrindorlariga aylanishdi.

    50 kg. 1. Jasrubek Nishonboyev (Andijon), 2. Sardor Ahmadov (Sirdaryo). 3. Bobomurod Qambarov (Namangan), 3. Husanboy Quranboyev (Xorazm).

    55 kg. 1. Baxram Sarsenbayev (Qoraqalpogʻiston), 2. Mirzaxmad Isroiljonov (Namangan), 3. Muhammadyahyo Muhammadnosirov (Namangan), 3. Muhriddin Sobirov (Toshkent sh.)

    60 kg. 1. Navroʻzbek Muhamadaliyev (Namangan), 2. Hasanboy Safarboyev (Toshkent sh.), 3. Shodiyorbek Rajabaliyev (Sirdaryo), 3.Diyorbek Isroilov (Buxoro).

    65 kg. 1. Asliddin Tursunboyev (Andijon), 2. Nodirbek Turgʻunpoʻlatov (Namangan), 3. Abdulaziz Soyipov (Fargʻona), 3. Jandost Rahimov (Toshkent sh.).

    71 kg. 1. Abdurasul Abduqaxxarov (Andijon) , 2. Dilmurod Yoʻldoshxonov (Toshkent v.), 3. Temurbek Egamberdiyev (Sirdaryo), 3. Bekzod Tursunov (Surxondaryo).

    77 kg. 1. Mardonali Sulaymonov (Fargʻona), 2.Odilbek Boynazarov (Andijon), 3. Javohir Abdullajonov (Namangan), 3. Azamat Boʻtayev (Toshkent v.).

    83 kg. 1. Murodjon Sobirjonov (Namangan), 2. Husan Umarboyev (Toshkent v.). 3. Abdulaziz Joʻrayev (Surxondaryo), 3. Sarvar Ravshanov (Sirdaryo).

    90 kg. 1. Azimjon Yoʻldoshev (Namangan), 2. Oblayor Rashidov (Samarqand), 3. Azizbek Toshpoʻlatov (Namangan). 3. Shaxzodbek Muhammadov (Buxoro).

    +90 kg. 1. Baxtiyor Sanginov (Sirdaryo), 2. Muhiddin Sultanboyev (Xorazm), 3. Azizbek Toshpoʻlatov (Namangan), 3. Shaxzodbek Muhammadov (Buxoro).

    Medallar jamgʻarish boʻyicha umumjamoa hisobida faxrli birinchi oʻrinni Namangan viloyati jamoasi, ikkinchi oʻrinni Xorazm viloyati jamoasi, uchinchi oʻrinni Buxoro va Sirdaryo viloyati jamoalari egalladi. Kuchli uchlikdan joy olgan sportchilar diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan mukofotlandi.