CHirchiqda MDH o'yinlariga yo'llanmalar qo'lga kiritildi

    Joriy yilning 29-30 iyun kunlari Chirchiq shahridagi O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining yangidan barpo etilgan kurash zalida belbog'li kurash bo'yicha 2001-2002 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati bellashuvlari bo'lib o'tdi.

    Turizm va sport vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federatsiyasining yillik-taqvim rejasidagi mazkur chempionat bahslarida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan 200 ga yaqin polvonlar belbog'li kurashning klassik va erkin yo'nalishlarida kuch sinashdi.

    Chempionatning tantanali ochilish marosimida O'zbekiston “Adolat” SDP Siyosiy kengashi raisi Bahrom Abduhalimov, Oliy majlis qonunchilik palatasi deputati Qodir Jo'raev, O'zbekiston belbog'li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov, O'zDJTSU rektori Mahmudjon Boltaboev, Toshkent viloyati hokimi o'rinbosari Zuhra Mirgazieva, Chirchiq shahar prokurori Xayrulla Bo'riev, O'zbekiston “Adolat” SDP Toshkent viloyati Kengashi raisi Bobur Mamirovlar ishtirok etdi

    Qizg'in va murosasiz o'tgan musobaqaning birinchi kunida o'g'il bolalar klassik yo'nalishda 8 ta vaznda, qizlar esa 6 ta vazn toifasida kurash tushdi. Chempionatning ikkinchi kungi bahslarida o'g'il bolalar erkin yo'nalishda 8 ta vazn toifasida g'oliblik uchun bellashishdi.

    Quyida g'olib sportchilar bilan tanishing.

    O'g'il bolalar (klassik yo'nalish)

    57 kg. – Nodir Abdumalikov (O'zDJTSU)

    62 kg. – Azizbek Azimjonov (Farg'ona)

    68 kg. – Oybek Sultonov (Andijon)

    75 kg. – Nusrat Sultanboev (Andijon)

    82 kg. – Muhammadjon Rasulov (Andijon)

    90 kg. – Oybek Muhammedov (Farg'ona)

    100 kg.- Ilyos Obitjonov (O'zDJTSU)

    +100 kg. – Muhammad Vaxobov (Toshkent v.)

    Qizlar (erkin yo'nalish)

    48 kg. – Mohigul Ibragimova (Namangan)

    52 kg. – Farangiz Abdunabieva (Sirdaryo)

    58 kg. – Biybigavxar Po'latbaeva (Qoraqalpog'iston)

    66 kg. – Maftuna Mahmudova (Andijon)

    76 kg. – Zempira Azatova (Qoraqalpog'iston)

    +76 kg. – Munisa Nosirova (Namangan)

    O'g'il bolalar (erkin yo'nalish)

    57 kg. – Kamron Ortiqov (Toshkent v.)

    62 kg. – Ismoil Umrzoqov (Namangan)

    68 kg. – Fayozbek Abdug'affarov (Farg'ona)

    75 kg. – Asadbek Rahmatov (Andijon)

    82 kg. – Furqat To'lqinov (Toshkent v.)

    90 kg. – Diyor Xudoyberganov (Xorazm)

    100 kg. – Azizbek Toshpo'latov (Namangan)

    +100 kg. – Azat Orinbaev (Qoraqalpog'iston).

    Bellashuvlar yakuniga etgach, g'olib va sovrindor sportchilar medal, diplom hamda Chirchiq shahar hokimligi, Chirchiq shahar prokuraturasi, “Adolat” SDP va boshqa tashkilotlar homiyligidagi qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan mukofotlandi.

    Eslatib o'tamiz, mazkur O'zbekiston chempionati g'oliblari joriy yil sentyabr` oyida Qozon shahrida (Rossiya) Birinchi MDH o'yinlariga, shuningdek, oktyabr` oyida mamlakatimizda o'tishi kutilayotgan jahon chempiontiga yo'llanmalarni qo'lga kiritdi.

    Ilhom RAHMONOV tayyorladi