Ertasi kuniyoq bu mahallalarda obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi.

Yaqinda “Mahalla” xayriya jamoat fondi masʼullari “Iftixor” mahallasida “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar holidan xabar oldi. Shuningdek, Chirchiqdagi boshqa mahallalarda yashovchi, kam taʼminlangan va oʻzgalar yordamiga muhtoj aholiga ham xayr-saxovat koʻrsatildi.

Bundan tashqari, “Mahalla” fondi Chirchiq shahar boʻlinmasi, shahar hokimligi hamda xalq deputatlari Chirchiq shahar Kengashining deputatlik guruhi bilan hamkorlikda mahallalardagi “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning yashash sharoitlarini yaxshilash boʻyicha oʻrganish oʻtkazilib, amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar belgilandi. Shu asosda aholiga moddiy va maʼnaviy koʻmak berilmoqda. Jumladan, yaqinda “Iftixor” mahallasida oʻtkazilgan xayr-saxovat tadbiri ham mehrga tashna ayrim fuqarolarning quvonchiga sabab boʻldi.

Chirchiq shahar “Mahalla” xayriya jamoat fondi qoshida ochilgan “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasiga tushgan mablagʻlardan mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va boshqa global xavf-xatarlar davrida xalqimizning tarixiy va maʼnaviy qadriyatlarini, mehr-saxovat, oqibat, himmat kabi yuksak fazilatlarini inobatga olgan holda aholini samarali ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash yuzasidan samarali ishlar olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Chirchiq shahar Kengashi tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj, koʻp farzandli oilalarga, nogironligi boʻlgan shaxslarga va yolgʻiz qariyalarga, oʻz daromadini yoʻqotgan vaqtincha ishsiz shaxslarni moddiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Mahalla” xayriya jamoat fondining Toshkent viloyati Chirchiq shahar boʻlinmasi qoshida tashkil etilgan “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasidan moddiy yordamlar ajratilmoqda. Xususan, Chirchiq shahar “Umid” MFY hududida “Temir daftar”dagi nogiron oilalarga jamgʻarma tomonidan oziq-ovqat jamlanmasi berildi.

Ilhom RAHMONOV