Joriy yilning 21-may kuni Chirchiq shahrida maktab oʻquvchilari bezorilik sodir etgan holati yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 2-qismi “B” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi, deya xabar beradi Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻining Matbuot kotibi - Axborot xizmati rahbari Bobur Tulyaganov. 

Shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi JPKning 227-moddasi tartibida ushlandi. Hozirda mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.