Xabarda aytilishicha, Chirchiq shahrida joylashgan “MAXAM CHIRCHIQ” AJ korxonasining Sintez sexida chaqnash sodir boʻlgan. Bu haqdagi xabar 2022-yil 4-oktyabr kuni soat 08:40 larda Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga Toshkent viloyati FVB rahbari boshchiligida xodimlari va maxsus texnikalar jalb etilgan.
Hozirda vaziyat oqibatlari bartaraf etilmoqda. Vaziyat nazorat olingan.