Chiroqchi belbog'li kurash bo'yicha O'zbekiston chempionatiga mezbonlik qiladi

    Joriy yilning 25-27 aprel kunlari Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi bolalar-o'smirlar sport maktabida belbog'li kurash bo'yicha O'zbekiston chempionati bahslari o'tkaziladi.

    Qashqadaryo viloyat belbog'li kurash federatsiyasi raisi, xalqaro toifadagi hakam Farhod Jumanovning ta'kidlashicha, ushbu O'zbekiston chempionati musobaqasini yuqori saviyada o'tkazish uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo qilingan.

    Sportni rivojlantirish vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federatsiyasining yillik–taqvim rejasidagi mazkur mamlakat chempionati bahslarida 2009-2010 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar belbog'li kurash va erkin yo'nalishda 10 vazn toifasida kurash tushsa, qizlar erkin yo'nalishda 7 vazn toifasida bellashadi.

    Ilhom Rahmonov