Chiroqchi tumanlararo sudi sudyasining jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik berildi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Chiroqchi tuman sudining sudyasi A.B. 200 AQSH dollari pora olgan vaqtda jinoyat ustida ushlangani haqida xabarlar tarqalgandi.

    Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati maʼlum qilishicha, Chiroqchi tumanlararo sudi sudyasining jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik berildi.

    "Bugun Sudyalar oliy kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Bosh prokurorning fuqarolik ishlari boʻyicha Chiroqchi tumanlararo sudi sudyasi A. B.ni Jinoyat kodeksining 210-moddasi tegishli qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortishga oid taqdimnomasi muhokama qilindi. Yakunda Kengash xulosasi bilan A. B.ni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik berildi va uning sudyalik vakolati toʻxtatildi, deyiladi xabarda.

    Tergov siri va aybsizlik prezumpsiyasi talablaridan kelib chiqib, boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.