Ushbu sud buyrugʻi Majburiy ijro byurosi Chiroqchi tuman boʻlimi ish yurituviga 13-oktyabr kuni kelib tushdi va shu kunning oʻzida ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinib, taraflarga yuborildi.
27-oktyabr kuni taraflar oʻzaro kelishuv bitimi imzolashdi va unga koʻra qarzdor farzandlari 18 yoshga toʻlgunga qadar boʻlgan jami 259 mln. 250 ming soʻmni bir yoʻla toʻlab berdi.
Shu sababli ushbu ijro hujjati amalda tamomlandi.
Nurbek Xidirov,
MIB Chiroqchi tuman boʻlimi davlat ijrochisi