Ko'rgazmadan rassomning 80 ga yaqin rangtasvir, grafika va haykaltaroshlik ijod namunalari o'rin olgan.

Taqdim qilingan, namoyish qilinayotgan asarlar o'ziga xos kompozitsiyalar va ranglar echimiga ega bo'lib, an'anaviy memorchilikdagi kabi muallif ta'kidlaganidek, naqshlardan farqli o'laroq, o'z chiziqlarini erkin talqin qilgan.

Taqdim etilgan asarlar san'at muxlislarini befarq qoldirmaydi.

Joriy yilning 18 noyabr kuni rassom bilan ijodiy kecha va uning “Tarix — men echmoqchi bo'lgan tugun” nomli al`bom taqdimoti bo'lib o'tadi. Ko'rgazma 18 noyabrga qadar davom etadi.

Hasan Abdunazarov