Oʻrganishlar davomida lavha va munosabatlarda keltirilgan holatlarga obyektiv baho berish, yoʻl infratuzilmasi hamda texnik vositalarning holatini qayta koʻrib chiqish, chorrahalarda yoʻl harakatini toʻgʻri tashkil etish maqsadadi IIV JXD Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati, Transport vazirligi, Toshkent shahar hokimligining masʼul xodimlaridan iborat ishchi guruhi tuzildi.
Bugungi kunda ishchi guruh tomonidan chorrahalarda yoʻl harakati qanday tashkil etilganligi (yoʻl belgilari va koʻrsatkichlari toʻgʻri oʻrnatilganligi, yoʻl chiziqlari chizilganligi va boshqalar), chorrahalardagi texnik vositalarning holati qaytadan oʻrganib chiqilmoqda.
Ishchi guruh tomonidan oʻtkazilayotgan oʻrganishlar natijalari boʻyicha qoʻshimcha axborot taqdim etiladi.