Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Chortoq tumani qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari R.K., fuqaro N.ga oʻzini kadastr boshqarmasi xodimi sifatida tanishtirib, unga 2 000 AQSH dollari evaziga tuman hokimligi zaxirasida boʻlgan 1,4 gektar yer maydonini tanishlari orqali bogʻ tashkil etish uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berishga ishontirib, 1 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan R.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.