Xususan, viloyat rahbari “Abdirahim ota” mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil etilgan sutchilikka ixtisoslashgan chorvachilik kompleksida bo'lib, loyiha doirasidagi ishlarning holatini ko'zdan kechirdi. Ayni paytda mazkur loyiha doirasida MCHJ tomonidan Qozog'iston Respublikasidan 135 bosh “Qozoqi oqbosh” zotli qoramol keltirib, boqilmoqda.
Viloyat hokimi chorvachilik kompleksida ham bo'lib, ish jarayonlari va tarmoqda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mutaxassislar bilan suhbatlashdi. Xususan, umumiy qiymati 63 milliard so'm bo'lgan mazkur loyiha 1000 bosh qoramolga mo'ljallangan bo'lib, yiliga 6 ming tonna sut va 10 tonna go'sht etishtirishga mo'ljallangan. Kompleks to'liq ishga tushgach, 30 dan ortiq yangi ish o'rni yaratiladi.
Uchrashuvda chorvachilik tarmog'iga oid loyihalarni tashkil etish orqali sifatli go'sht va sut mahsulotlarini ko'paytirish, narxini arzonlashtirish borasida so'z yuritildi.
Keyingi yillarda hududda parrandachilikni yanada rivojlantirish, jumladan, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish jarayonini modernizatsiya qilish va tayyor parrandachilik mahsulotlari ichki va tashqi bozorga olib chiqish bo'yicha tizimli ishlar qilinmoqda.
SHuni e'tiborga olgan holda, D. Xidoyatov tumandagi “Chiken meat line” MCHJga qarashli tovuq fermasining yutuqlari, sohadagi tajribasi bilan tanishdi.
Korxona asosan broyler zotli tovuq go'shti etishtirishga ixtisoslashgan bo'lib, yiliga qariyb 2 million dona tovuq boqish quvvatiga ega. Bu erda AQSH va Gollandiya texnologiyasi asosida to'liq avtomatlashtirilgan texnologik tizim natijasida yiliga tirik vaznda 4-4,5 ming tonna tovuq go'shti etishtirilyapti.
SHuningdek, bu erda Turkiya texnologiyasi asosida soatiga 15 tonna omuxta em tayyorlanmoqda. Korxonada 60 ta yangi ish o'rni yaratilgan bo'lib, bu o'rinlarga asosan 20-30 yoshda bo'lgan ishsiz yoshlar qabul qilingan.
Prezident SHavkat Mirziyoev raisligida 8 iyun` kuni qishloq xo'jaligi va tadbirkorlikni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta'minlash hamda oziq-ovqat mahsulotlari hajmini ko'paytirish masalalari bo'yicha o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida chorvachilik va parrandachilik tarmoqlarini yanada takomillashtirish, oziq-ovqat mahsulotlari hajmini oshirish va narxlar barqarorligini ta'minlash bo'yicha zarur vazifalar belgilangan edi. SHuni alohida e'tiborga olgan holda. Toshkent viloyatida ham yil boshidan buyon keng qamrovli ishlar qilinyapti. Xususan, bugungi kunda Ohangaron tumanida chorvachilik xo'jaliklari 210 taga etgan. 2021 yil yakuniga qadar yirik shoxli mollar soni 71 ming 255 boshga, sigirlar soni 29 274 boshga, qo'y-echkilar soni 235 ming 571 boshga, otlar soni 6 ming 365 boshga, parrandalar 669 ming boshga etkazilishi ko'zda tutilmoqda.
2021-2022 yillarda tumanni kompleks rivojlantirish dasturiga binoan chorvachilik yo'nalishida qiymati 936,9 milliard so'mlik 100 ta shundan, yangidan qurib ishga tushirilayotgan loyihalar soni 85 tani tashkil etadi. Mazkur loyihalarni ishga tushishi tufayli yiliga qo'shimcha ravishda 139 ming tonna sut, 11 ming 640 tonna go'sht, 75 tonna jun etishtirilishiga erishiladi. Muhimi, 2 ming 486 nafar aholi doimiy ish bilan ta'minlanadi.