Nizomga koʻra, 2022-yil 1-yanvardan boshlab 2023-yil 31-dekabrga qadar gidroponika usulida ozuqa yetishtirish uskunalarini xarid qilgan chorvachilik xoʻjaliklariga ular xarajatlarining 100 mln. soʻmdan oshmagan qismining 20 foizi miqdorida respublika byudjetidan subsidiya ajratiladi.
Qayd etilishicha, talabgorlar subsidiya olish uchun Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining my.vetgov.uz sayti va YAIDXP orqali hududiy “Chorvanasl” markazi tuman vakiliga ariza bilan murojaat qilish kerak.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
- gidroponika usulida ozuqa yetishtirish uskunalarini oʻrnatish boʻyicha shartnomasi, hisob-faktura hujjatlari nusxasi;
- agar uskunalar import qilingan boʻlsa, bojxona yuk deklaratsiyasi nusxasi.
Subsidiya berilgan arizaga asosan keyingi oyning 25-sanasiga qadar ajratiladi va subsidiya oluvchining bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.