Nizomga koʻra, chorvachilik xoʻjaliklariga 2025-yil 31-dekabrgacha davlat tomonidan xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramolning har bir boshiga 2 mln soʻm, nasldor qoʻy va echkining har bir boshiga 400 ming soʻm miqdorda subsidiya ajratiladi.
Subsidiya oluvchi xorijiy davlatdan nasldor qoramolni olib kelgandan soʻng tuman komissiyasiga subsidiya olish uchun “Agrosubsidiya” AT orqali murojaat qiladi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilanadi:
- xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qoʻy va echkining kelib chiqishini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
- xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qoʻy va echkini sotib olish boʻyicha tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi va toʻlov topshiriqnomasi nusxasi;
- bojxona yuk deklaratsiyasi nusxasi;
- xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qoʻy va echkilarning elektron identifikatsiya bazaga kiritilganligi.
Subsidiya oluvchining arizasini koʻrib chiqish uchun toʻlovlar undirilmaydi.
Subsidiya mablagʻi subsidiya oluvchining tijorat bankidagi asosiy hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.