Xususan, sohada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan doimiy nazorat ishlari olib borilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-maydagi “Chorvachilik tarmogʻiga davlat tomonidan subsidiya ajratishni tartibga soluvchi normativ huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 280-sonli qarorining ijrosini taʼminlash boʻyicha viloyatda chorvachilik tarmogʻini yana-da rivojlantirish va faoliyatini samarali tashkil etish uchun viloyat komissiyasining tarkibi va tuman(shahar) komissiyalarining naʼmunaviy tarkibi tasdiqlandi.
Bugungi kunda, viloyat boʻyicha fermer xoʻjaliklar va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan chet davlatlardan keltirilgan yuqori mahsuldor boʻlgan jami 6043 bosh naslli qoramollar belgilangan talablar asosida parvarish qilinmoqda.
Tashkil qilingan komissiyaning taklifiga koʻra, viloyat boʻyicha 41 ta qoramolchilik subyektiga 2000 bosh chetdan keltirilgan naslli qoramollar uchun 4 mlrd. soʻm miqdorida, 13 ta quy –echkichilik subyektlariga 2000 bosh naslli qoʻy va echkilar uchun 800 mln soʻm miqdorida, 12 ta parrandachilik subyektlariga 278 ming bosh chetdan keltirilgan parrandalar uchun 2 mlrd. 506 mln soʻm miqdorida, 13 ta baliqchilik xoʻjaliklarida 10339 tonna baliq goʻshti yetishtirish hisobiga 10 mlrd 339 mln soʻm miqdorida subsidiya ajratilishi prognozi ishlab chiqilgan.
Toshkent viloyati chorvachilikni rivojlantirish faoliyatini samarali tashkil etishni taʼminlash komissiyasi tomonidan bugungi kunga qadar 33 ta qoramolchilik subyektlariga chetdan keltirilgan 2610 bosh naslli qoramollar uchun 5 mlrd 220 mln soʻm, 10 ta parrandachilik xoʻjaliklarida 377,125 ming bosh chetdan keltirilgan parrandalar uchun 3 mlrd 394 mln soʻm miqdorida subsidiya ajratish boʻyicha toʻplangan hujjatlar belgilangan tartibda Respublika komissiyasiga takdim qilindi xamda 36 ta subyektlarga 7 mlrd 396 mln soʻm subsidiya ajratildi.
Xususan, 26 ta chorvachilik xoʻjaliklari chetdan olib kelingan 2001 bosh naslli koramollar uchun 4 mlrd 2 mln soʻm, 10 ta parrandachilik xoʻjaliklarda chetdan keltirilgan 377 ming 125 bosh naslli joʻjalar uchun 3 mlrd 394 mln soʻm subsidiya ajratilgan.
Shuningdek, chetdan keltirilgan naslli qoramollarni roʻyxatga olish va belgilangan tartibda parvarishlash hamda koʻpaytirish borasida fermer xoʻjaliklari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarda amaliy yordam berish orqali doimiy oʻrganish ishlari olib borilmoqda.
M.Kuchchiyev,
Boshqarma boshligʻining birinchi oʻrinbosari