Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Shu yilning 20-iyul kuni soat 14:30 larda Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi “Chorvoq” suv omborining “Burchmulla” suv havzasiga dam olish maqsadida kelgan Zangiota tumanida istiqomat qiluvchi 19 yoshli fuqaro skuterni haydash vaqtida boshqaruvni eplay olmay, qarshisidagi katamaranga borib urildi.
Oqibatida katamaranda boʻlgan 2 nafar Fargʻona viloyatidan kelgan fuqarolar tan jarohati olib, voqea joyida vafot etdi.
Bosh prokuratura xabariga koʻra, hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 260 moddasi (Temir yoʻl, dengiz, daryo yoki havo transportining harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.