Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Husnillo Jomonqulov, postanovkachi operator Odil Qosimov, postanovkachi rassom Muhiddin Tangmatov.
Film qirlar bilan oʻralgan chuqurlikdagi qishloqda yashovchi Qodir ismli bolaning litseyda oʻqib, qishlogʻiga ventilyator yasab qaytishi bilan boshlanadi. Keyingi voqealar sevgilisi Guljamol va raqibi Sarvar bilan kechadigan “sevgi uchburchagi” orasida davom etadi.
“Chuqurqishloq shamoli” filmida zamonaviy yangilik insonlarni, atrofdagilarni harakatga undashi, inson qadr-qimmati, halollik va qatʼiyat kabi tushunchalar majoziy obrazlar vositasida koʻrsatiladi.
Filmda Rajab Adashev, Bahodir Mirmaqsudov, Elmira Rahimjonova, Tamara Hazratqulova kabi mahoratli aktyorlar suratga tushmoqda.
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati