Bunday ezgu ishlar sinovli kunlarda ham izchil davom ettirilmoqda. Jumladan, umumiy qurilish maydoni 104000 m2 teng boʻlgan yangi qurilish materiallari savdosiga qaratilgan Gipermarket Olmazor tumani “Chuqursoy” savdo maishiy koʻngilochar majmuasi barpo etildi. Bu mamlakatimiz mustaqilligining 29 yillik toʻyiga munosib tuhfa boʻldi, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Mazkur majmuaning 52000 m2 avtomobillar qoʻyishga moʻljallangan boʻlsa, aynan yana shuncha maydon yaʼni, 52000 m2 savdo doʻkonlari uchun moʻljallangan va, eng asosiysi, qurib topshirildi.
Koʻp qavatdan iborat boʻlgan majmuaning birinchi bosqichi bitgan boʻlib, mazkur savdo doʻkonlari markazlashtirilgan isitish va sovitish qurilmalari orqali boshqarilgan holda, ham tadbirkorlarga, ham xaridorlarga bir qancha qulayliklar yaratadi. Ayniqsa, yuk tashish mashinalari savdo majmuasining ichiga qadar savdo mollarini yetkazish imkoniga ega. Zamonaviy liftlar esa, yana qulaylik yaratgan holda barchaning har qanday ogʻirini yengil qilishga shay. Yogʻin-sochinli kunlarda himoyalanish moslamalari oʻrnatilgan.
Bu kabi bunyodkorlik ishlari aholiga yana-da qulaylik yaratish, turmush farovonligini oshirishda katta ahamiyatga ega boʻlish bilan birga yangi ish oʻrinlarini yaratganining oʻzi tahsinga sazovordir. Yangilanayotgan Oʻzbekistonda yangi ish oʻrinlarini yaratish imkonining oʻzi yangilikdir. Xalq manfaatlari yoʻlida tadbirkorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarning oʻzi yangilikdir.
Quvonarlisi shundaki, majmua uch bayramga uch tuhfa loyihasi asosida tizimli va mantiqan hali qurilish ishni davom ettiradi. Ikkinchi bosqich yangi yil arafasida ishga tushsa, uchinchi bosqich Navroʻz arafasida ishga tushadi.Niyatimiz 5000 hatto 8000 dan ortiq ishchi oʻrin yaratishdir. Zero, yaxshi va zamonaviy ish oʻrinlarga ega boʻlish va unda ishlash ulugʻ xalqning buyuk jasorati va saodatidir.
Mana shunday zamonaviy savdo majmuasini qisqa muddatda barpo etganimiz tadbirkorlarga berilgan erkinlik va imtiyoz, imkoniyat va yaratilgan shart-sharoitlarning amaliy ifodasi, mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyoti, xalqimiz bunyodkorlik salohiyati naqadar yuksalganining yorqin tasdigʻidir.
Bu birgina savdo majmuasining xalqqa va bayramga tuhfasi boʻlib, hali bunday bunyodkorlik ishlari natijasida goʻzal va navqiron poytaxtimiz yasharaveradi bagʻrida baxtiyor xalqi uchun qulayliklar yarataveradi.
Abdumalik Tulaganov,
Yunusobod tumani xalq deputatlari kengashi deputati