850 dan ortiq xodimlarni ish bilan taʼminlayotgan ushbu korxona oʻz oldiga yuksak marralarni qoʻygan. Xususan, “Shust textile” XK viloyatimizdagi tayyor trikotaj mahsulotlarini eksport qiluvchi eng yirik korxona hisoblanadi. Ushbu korxona yuqori sifati va raqobatbardoshligi bilan ajralib turadi.
“Chust textile” XK bugungi kunda faoliyatini yana-da kengaytirish maqsadida 3,9 mln AQSH dollariga teng boʻlgan loyihaning 3-bosqichini amalga oshirmoqda. Oʻz navbatida, qoʻshimcha 1000 ta ish oʻrinlari hamda yillik 18,5 mln AQSH dollarlik eksport koʻrsatkichlariga erishish asosiy reja hisoblanadi.
Bundan tashqari, bugungi kunda loyihaning 4-bosqichini amalga oshirish yuzasidan 4 ta chet el kompaniyalari bilan muzokaralar olib borilmoqda.