Viloyatda 70 ta kichik sanoat zonasi faoliyat boshlashi rejalashtirilgan boʻlib, hozirda ulardan 24 tasida ishlar boshlab yuborilgan.
Umumiy qiymati 1 trillion 814 milliard soʻm boʻlgan loyihalar tuman iqtisodiyoti rivojlanishi, eksport hajmi ortishiga hissa qoʻshishi barobarida 3,5 mingta ish oʻrni yaratilishiga ham xizmat qiladi. “Sabzazor”, “Olmos”, “Shoʻrkent” va “Zarafshon” kichik sanoat zonalarida qurilish, toʻqimachilik, oziq-ovqat, charm-poyabzal va mebel sanoati yoʻnalishlarida istiqbolli loyihalar amalga oshiriladi.
Tamal toshi qoʻyilish marosimida loyihalarning 6 oy ichida toʻla ishga tushirilishi, va bu shuningdek Namangan shahriga qatnab, poytaxt va boshqa viloyatlarda tadbirkorlik, dehqonchilik qilib yurganlar chustliklar uchun yaratilgan imkoniyat va sharoitlar ekanligi taʼkidlandi.
Bugun tamal toshi qoʻyilgan kichik sanoat zonalarida ertadan kommunikatsiya, infratuzilma yaratilishi bilan bogʻliq ishlar boshlanadi, deb xabar beradi Namangan viloyat hokimligi matbuot xizmati.