DXXning ma’lum qilishicha, inspektor joriy yil fevral oyida 1990 yilda tug‘ilgan I.Saidov yetakchiligidagi jinoyiy guruh tomonidan 1994 yilda tug‘ilgan fuqaroga yetkazilgan tan jarohati bo‘yicha holatni “bosdi-bosdi” qilib berishni va’da qiladi. Bu ish evaziga undan olgan 2700 AQSh dollaridan muqaddam 1000 dollarini jabrlanuvchiga bergan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, profilaktika inspektori jabrlanuvchiga 300 AQSh dollari bergan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shuningdek, profilaktika inspektorining mazkur noqonuniy harakatiga aloqador bo‘lgan hamkasbini ham jinoyat ishiga jalb qilish choralari ko‘rilmoqda.