Uchrashuvda kompaniya vakillari bilan loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi, deya xabar beradi vazirlik axborot xizmati.

Uchrashuv davomida Cisco AppDynamics kompaniyasi Oʻzbekistonda IT innovatsiyalar va yangi raqamli texnologiyalar boʻyicha strategik loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.

Shu bilan birga, AKT vazirligi tomonidan oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish maqsadida, kompaniya vakillariga Oʻzbekistonda oʻz vakolatxonasini ochish va masofaviy xizmatlarni kengaytirish boʻyicha takliflar berildi.