Mazkur loyiha respublika boʻylab umumiy quvvati 2000 MVt soat boʻlgan saqlash tizimlarini yaratishni nazarda tutadi.
Respublikada yagona boʻlgan energetika tizimini mustahkamlashga qaratilgan mazkur loyiha turli hududlarda oʻrganish ishlari oʻtkazilgach ularning natijalari asosida elektr energiyasini saqlash tizimlari bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, loyihaning umumiy qiymati 1,1 milliard AQSH dollarini tashkil etadi. Shuningdek, qurilish jarayonida 1000 dan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratilishi kutilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, mazkur kelishuvga BMT Iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi hadli konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining 29-sessiyasi (COP-29) doirasida erishildi.